“Valensiya”da Garay bilan birga klubning yana 4 a'zosi koronavirusga chalingan

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020
Avvalroq, “ko'rshapalaklar” himoyachisi Esekiel Garay COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani haqda xabar qilgandik.

“Koronavirus bilan bog'liq 5 ijobiy holat asosiy tarkib futbolchilari va klub ishchilarida aniqlandi. Ularning ahvoli yaxshi, barchasi o'z uylarida izolyaciyaga olingan”, deb yozilgan klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, koronavirus tufayli La Liganing keyingi 2 tur bahslari noma'lum muddatga qoldirilgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: valenciacf.com