Valensiya rossiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
11 noya 2021, 14:13
Valensiyaning 30 yoshli rossiyalik yarim himoyachisi Denis Cherishev yozda klubni tark etishi mumkin.

COPE nashri xabariga ko'ra, klub rahbariyati u bilan 2022 yil yozda tugaydigan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Valensiyada Cherishev ko'p bor jarohat oldi va 41 foiz o'yinlarda ishtirok eta olmadi. Uning kelajagi Mestalyadan boshqa joyda, - deb xabar bermoqda manba.

Eslatib o'tamiz, Cherishev 2019 yil yozida Valensiyaga ko'chib o'tgandi. Hozirga qadar futbolchi 47ta o'yinni (300 kun) jarohat tufayli o'tkazib yubordi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: COPE