Kambek: "Bavariya" himoyachisi 262 kun deganda qaytdi

Sherzod Nurmatov
10 dek 2025
"Bavariya" qanot himoyachisi Alfonso Devis 262 kundan keyin birinchi marta myunxenliklar tarkibida maydonga tushdi.

Kanadalik himoyachi xochsimon bog'lami uzilishidan to'liq tuzaldi va "Sporting"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida 88-daqiqada zaxiradan qo'shildi.

"Bavariya" va "Sporting" o'rtasidagi o'yin myunxenliklarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagandi. 

25 yoshli futbolchi mart oyida Kanada terma jamoasi uchrashuvida jarohatlangan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com