Ana xolos! "Tottenxem"ning amaldagi futbolchisi jamoani vaqtinchalik boshqaradi?!

Sherzod Nurmatov
30 mar 2026, 11:30
"Tottenxem" himoyachisi Ben Devis vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lishi mumkin, deb xabar berdi "The Telegraph".

Londonliklar himoyachisi to'pig'idan jarohat olgan va yanvardan beri o'ynamayapti, shuning uchun APL klubi rahbariyati 32 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha bosh murabbiylik lavozimiga nomzod sifatida jiddiy ko'rib chiqmoqda.

2.jpg

Xabarlarga ko'ra, Devis jamoaning eng hurmatga sazovor o'yinchilaridan biri va murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda.

29 mart kuni "Tottenxem" bosh murabbiy Igor Tudorni ishdan bo'shatganini e'lon qildi. Jamoa uning boshchiligida 7 o'yinda 5 marta mag'lubiyatga uchradi va APL jadvalida 30 ochko bilan 17-o'ringa joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph