

"Shporlar" himoyachisi yanvar oyidan beri jarohat olgani sababli maydonga tushmagan. Shu bois APL klubi rahbariyati 32 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha bosh murabbiylikka nomzod sifatida jiddiy ko'rib chiqmoqda. Ma'lum bo'lishicha, Devis jamoada eng hurmatga sazovor o'yinchilardan biri hisoblanadi va murabbiylik bo'yicha o'qishlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha "Tottenxem" Igor Tudorni bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatganini e'lon qildi. Uning boshqaruvi davrida jamoa 7 o'yinning 5 tasida mag'lubiyatga uchragan. Hozirgi vaqtda jamoa 30 ochko bilan APL jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi va autsayderlar zonasidan bir ochko oldinda bormoqda.



