"Valensiya" prezidenti: "Otamendi 50 mln. evrodan kam turmaydi"

Aslanov Jasurbek
26 may 2015, 12:43
"Valensiya" prezidenti Amadeo Salvo Nikolas Otamendining agenti so'zlariga javob berdi.

Oldinroq agent mijozi "Valensiya"ni tark etishi uchun hamma ishni qilishi haqida takidlagan edi.

"Valensiya" agentlarning bosimidan qo'rqmaydi. Agar Otamendi ketishni istasa, bu haqda bizga aytishi kerak. Fikrimizcha, u 50 mln. evrodan kam turmaydi. Nikolas ajoyib futbol namoyish etmoqda. Shu paytgacha Nikolas borasida hech qanday talkif olganimiz yo'q" - deydi klub prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com