LaLiga. "Valensiya" 101-daqiqada urilgan gol tufayli tayyor g'alabani boy berdi

Eldor Akmurzayev
18 avg 2019, 00:20
LaLiganing 1-turidan o'rin olgan Valensiya hamda Real Sosedad o'rtasidagi to'qnashuvda durang (1:1) qayd etildi.

O'yinda hisob 2-taym boshida Kevin Gameyro tomonidan ochildi. Bosh hakam o'yindagi to'xtalishlarni qoplash maqsadida, bahsga 8 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha daqiqalarning beshinchisida Gameyro penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq, undan foydalana olmadi. 

Shundan so'ng, ko'rshapalaklar a'zosi Fransis Koklen o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun, uchrashuv referisi bu gal mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi va unga ikkinchi sariqni ko'rsatib, maydondan chetlatdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Mikel Oyarsabal esa uni aniq amalga oshirib, jamoasiga 1 ochko taqdim etdi.


Valensiya – Real Sosedad 1:1 (0:0, 1:1)

Mestalya

Gollar: 1:0 – 58 Gameyro, 1:1 – 90+11, penalti Oyarsabal.

Amalga oshirilmagan penalti: 90+5 Gameyro

Valensiya – Sillessen, Garay, Kosta (Pichchini, 82), Gabriel Paulista, Vass, Gedesh, Kondogbia, Koklen, Soler (Ferran Torres, 90), Rodrigo (Cheryshev, 85), Gameyro.

Real Sosedad – Moyya, Munos (Rodriges, 85), Le Norman, Saldua (Barrenechea, 82), Subeldiya, Ilyarramendi, Merino, Yanuzay (Isak, 71), Edegor, Oyarsabal, Villian Joze.

Ogohlantirishlar: Edegor (29), Merino (36), Saldua (42), Le Norman (57), Koklen (63), Cherishev (90), Garay (90).

Chetlatish: Koklen (90+11).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia