

Telekanal rasmiy saytining ma'lum qilishicha, "Uzreport TV" ko'p sonli futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, 18 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da Shveytsariyaning Bazel shahrida bo'lib o'tadigan "Liverpul" hamda "Sevilya" o'rtasidagi Yevropa ligasi final uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.
Kanal ushbu bahsga bag'ishlangan translyatsiyani 21:45dan boshlaydi. Finaldan oldin bo'ladigan barcha tadbirlar muxlislarga namoyish etiladi.
Sayt bergan ma'lumotlarga ko'ra, "UzReport TV" kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa ligasi bahslarini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi.



