UzReport TV Ispaniya chempionati yangi mavsumining translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
10 sen 2020
Bu haqda "UzReport" AA o'z rasmiy sayti orqali ma'lum qilmoqda.

"Ispaniya chempionatidan o'rin olgan futbol uchrashuvlari butun dunydagi futbol muxlislari qatorida yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining ham doimo diqqat-markazida turadi. Dunydagi eng ko'p muxlislarga ega bo'lgan “Barselona” va “Real” kabi klublar ham aynan Ispaniya chempionati - La ligada ishtirok etadi.

Millionlab o'zbekistonlik futbol ishqibozlarining qiziqishlarini inobatga olgan holda, UzReport Ispaniya chempionatining yangi mavsumini ham O'zbekiston hududi bo'ylab eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini xarid qildi. Mazkur eksklyuziv huquqlar televizion translyatsiyalardan tashqari, internet orqali translyatsiya huquqini ham o'z ichiga oladi.

La ligada 1-tur uchrashuvlari 12-sentyabr kuni "Eybar" va "Selta" jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan boshlanadi. Demak, 2 kundan keyin futbol muxlislari UzReport TV va Futbol TV telekanallari orqali Ispaniya chempionati o'yinlarini jonli efirda tomosha qilib, shiddatli o'yinlardan bahra olishlari mumkin bo'ladi.

Sevimli jamoalaringizni birgalikda qo'llab-quvvatlang!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!", deb yoziladi agentlik xabarida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: uzreport.news