"UzReport TV" futbol bo'yicha U-20 jahon chempionatini jonli efirda translyatsiya qiladi

Mirjalol Normatov
18 may 2023, 22:31
Millionlab o'zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda hamda yosh futbolchilarimizni jahon maydonlarida qo'llab-quvvatlash maqsadida “UZREPORT TV” telekanali 20 maydan 11 iyungacha Argentinada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatini translyatsiya qilish bo'yicha eksklyuziv huquqini qo'lga kiritdi.

Turnir Santiago Del-Estero, San-Xuan, La-Plata hamda Mendoza shaharlarida o'tkaziladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi amaldagi Osiyo chempionlarimiz Argentina maydonlarida ham shunday muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettiradi deb umid qilamiz.

E'tiborlisi, U-20 terma jamoamiz a'zolari musobaqani mezbon bo'lmish Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi. O'yin 21 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 02:00 da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uzreport.news