

Bu haqda "UZREPORT TV" jurnalisti Yoqubjon Bobojonov o'zining "tvitter"dagi sahifasida e'lon qildi.
Berilgan ma'lumotda, uchrashuvdan oldingi stadiondagi muhit, finalga bag'ishlangan bayram marosimi va boshqa ko'plab qiziqarli vaziyatlar taqdim etilishi aytilgan. Shu bilan birga, "UZREPORT TV"ning maxsus muxbiri "San-Siro"dan to'g'ridan-to'g'ri reportaj olib boradi.
Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.



