Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi: "Bu jamoada isbotlash kerak bo'lgan narsa bor"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2023, 13:55
Marselo Belsa Urugvay termasidagi faoliyati haqida gapirdi.

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa o'z qo'l ostidagi dastlabki oltita o'yindan so'ng jamoa bilan ishlash haqidagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Urugvay futboliga tegishli ekanligimdan juda xursandman. Biz xuddi shu ruhda davom etamiz, bu jamoada hali isbotlash kerak bo'lgan narsa bor", – dedi Belsa.

Eslatib o'tamiz, Urugvay so'nggi 3 ta o'yinda Braziliya, Argentina va Boliviya terma jamoalari ustidan birorta ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El País