

JCH–2026dagi omadsiz ishtirokdan so'ng Urugvay futbol federatsiyasi milliy terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi vatanga qaytishi uchun rejalashtirilgan charter samolyot reysini bekor qildi.
Ma'lum qilinishicha, federatsiya futbolchilar musobaqadan so'ng turli mamlakatlarda dam olishni rejalashtirganini inobatga olib, umumiy reysni tashkil etishdan voz kechgan. Endi har bir futbolchi o'z klubi yoki shaxsiy rejasiga muvofiq mustaqil ravishda manziliga yo'l oladi.
Jahon chempionatida katta umidlar bilan qatnashgan Urugvay terma jamoasi kutilgan natijani qayd eta olmadi va pley-off yo'llanmasiga ega chiqmadi. Bu natija mamlakatda katta muhokamalarga sabab bo'lib, terma jamoa kelajagi hamda murabbiylar shtabi faoliyati yuzasidan bahslar avj oldi.
Ayrim mahalliy OAVlar ushbu qarorni federatsiyaning xarajatlarni qisqartirish hamda omadsiz turnirdan keyin jamoani tezda tarqatib yuborish istagi bilan izohlamoqda.



