

Olmaliqda o'tgan uchrashuvdan keyin "qaldirg'ochlar" bosh direktori natijaga izoh berdi.
"Afsuski, bugungi o'yin ham jamoalarning keskin kurashlari emas, hakamlarning xatolari bilan yodda qoldi. O'tgan turda Samarqandda mehmon bo'ldik. O'shanda Jasur Hakimovning toza goli hisoblanmagan edi. Bugun esa ofsaydda turgan Fozil Musaev laynsmenning nazaridan chetda qoldi. Shu tufayli Artyom Kalinin jamoamizni ochkosiz qoldirganini aytsak, xato bo'lmaydi.
Bugun VAR ishlaganida vaziyat boshqacha bo'lar edi. Shu borada ham etirozlar bor. Qaysidir o'yinlarda video assistentlar xizmatidan foydalanishyapti, boshqalarida yo'q. Bu tengsizlik emasmi?", - deydi Ulug'bek Mirzaev.
Ma'lumot uchun, uchrashuv davomida har 2 jamoa foydasiga shubhali penaltilar qo'yildi.


