Ulug'bek Baqoev “Navbahor” bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019
Coca Cola Superliga 20-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” uchrashuvidan so'ng, mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bahs yaxshi va jangovar ruhda kechdi. Shogirdlarimga jonkuyarliklari, namoyish etgan o'yinlari, muxlislarga esa jamoamizni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashgani uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor” intizomli klub, shuningdek, tarkibida yaxshi, kuchli futbolchilar bor. Shu bois, namanganliklarning bizga qarshi qanday o'yin namoyish etishlarini bilgan holda, shunga yarasha bo'lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. O'yin esa durang natija bilan yakunlandi", - deydi Ulug'bek Baqoev.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz