Ukrainlik forvard: “Futbolka almashmoqchi bo'lsangiz oyligingizdan kesib qolishadi”

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2020
Belgiyaning “Gent” jamoasi hujumchisi Roman Yaremchuk o'zi harakat qilayotgan klubning qonun-qoidalari haqida gapirdi.

“Agar Belgiya chempionatida kim bilandir futbolka almashgan bo'lsangiz, 75 evro to'laysiz. Shunchaki, bu mablag'ni oyligingizdan echib qolishadi. Ikkita futbolka olishingiz mumkin, faqat unga pul to'laysiz va yangisiga ega bo'lasiz. Ularni almashishga esa faqatgina evrokuboklarda ruhsat berilgan. Agar kiyimingiz yirtiladigan bo'lsa hech narsa olinmaydi va bu o'yin holatida yuz bergan deb hisoblanadi”, – deydi Ukraina terma jamoasi a'zosi.

 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport.ua