

Trampning o'g'li - FIFAning "quroli":
Infantinoning takidlashicha, AQSH rahbari bilan muzokaralar olib borishda uning o'g'li Berronning futbolga bo'lgan qiziqishi juda qo'l kelmoqda:
"Trampga futbol yoqadi, lekin uning o'g'li Berronga bu sport turi yanada ko'proq manzur keladi. Shunday ekan, uni ishontirishda menga yordam beradigan ittifoqchim bor."
Jahon chempionatining ahamiyati:
Shuningdek, FIFA prezidenti Tramp turnirning global miqyosdagi o'rnini tez tushunganini etirof etdi:
"Ammo haqiqat shundaki, Tramp Jahon chempionati kabi yirik voqeaning mohiyatini va uning dunyo uchun qanchalik muhimligini juda tez anglab etdi. U bizga tashkiliy ishlarda juda katta yordam bermoqda", - dedi Janni Infantino.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida bo'lib o'tadi va unda tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.



