

FIFA tegishli qo'mitasi raqibni haqorat qilayotganda og'zini futbolka bilan yopadigan o'yinchilarni jazolash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi "Benfika" va Madridning "Real" (0:1) o'yini vaqtida Lissabon jamoasi futbolchisi Janluka Prestianni va "qaymoqrangliklar" hujumchisi Vinisius Junior o'rtasida to'qnashuv yuz berdi. Bir lahzada Prestianni og'zini futbolka bilan yopib, braziliyalik o'yinchiga murojaat qildi. O'yindan so'ng Prestianni Vinisiusga irqiy asosda haqorat qilgani haqida xabarlar tarqaldi.


