UEFA Superkubogi-2023 katta ehtimol bilan Qozonda o'tkazilmasligi mumkin

Eldor Akmurzayev
25 yanv 2023, 09:35
Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, UEFA Ijroiya qo'mitasining 25 yanvardagi yig'ilishida Qozon 2023 yilgi Superkubokni o'tkazish huquqidan mahrum etiladi. Ukraina bilan bog'liq vaziyat tufayli tashkilot titul uchun bahsni boshqa davlatga ko'chirishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, UEFA Superkubogi-2023 avgust oyida bo'lib o'tishi kerak. Mazkur sovrinning amaldagi g'olibi esa “Real” hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky News