

21 may kuni londonliklar hal qiluvchi o'yinda "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Yagona golni Brennan Jonson urdi. O'yin yakunida "shporlar"ning 3 nafar futbolchisiga oltin medallar etishmay qoldi.
"Afsuski, taqdirlash marosimida o'yinchilar sonidagi kutilmagan farq tufayli sahnada topshirish uchun etarli miqdorda medallarimiz bo'lmadi.
Marosimda jamoaning ko'plab vakillari, jumladan, dastlab mo'ljallanganidan ko'proq jarohatdagi futbolchilar ishtirok etdi.
Etishmagan medallar darhol g'olib jamoaning kiyinish xonasiga etkazildi va bu xato uchun chin ko'ngildan uzr so'radik", – dedi UEFA vakili.



