U16 Osiyo chempionati. Yaponiya - chempion!

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2018, 21:39
Malayziyada 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.

Musobaqaning final bahsida Yaponiya hamda Tojikiston terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Yaponiya terma jamoasi futbolchisi Yun Nishikavaning 63-daqiqada kiritgan goli uchrashuvda yagonaligicha qoldi va shu tariqa kunchiqar yurt vakillari Osiyo chempionligini qo'lga kiritishdi.

Qo'shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi esa chempionatning kumush medallari bilan kifoyalandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia