

Chorak finalda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini mag'lub etgan Iroq o'smirlari bugun Yaponiya bilan finalga chiqish uchun kurash olib bordi. Qiziqarli kechgan o'yinda Iroq 4:2 hisobida g'alaba qozondi va hal qiluvchi o'yinga yo'llanma oldi.
Bugun ikkinchi yarim finalda Eron va KXDR jamoalari to'qnash kelishadi. Bu uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning final uchrashuvi 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30ga belgilangan.
Yarim final
15:30 - Yaponiya - Iroq 2:4
Gollar: Xirota Yamada 30, 42 - Muhammad Dovud 19, 81 penalti, 90+4 penalti, Muntazer Abdulsada 67
18:30 - Eron - KXDR



