"U APLdagi eng yaxshi himoyachilardan biriga aylanmoqda": Britaniya nashri Husanovning o'yinini yuqori baholadi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2026, 07:45
"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanov taniqli Britaniyaning "Sky Sports" nashri tomonidan maqtovga sazovor bo'ldi.

Mutaxassislar uning Angliya Liga Kubogi finalida "Arsenal"ga qarshi (2:0) o'yinidan hayratda qolishdi:

"U o'z poziciyasiga qaytishda ajoyib tezlikni namoyish etdi. U Gyokereshga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U yakkama-yakka vaziyatlarda Premer-liganing eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanmoqda", – deb yozdi nashr.

22 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yinda maydonga tushdi. Uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports