U-20 JCH. Valentin Barko: "Guruh bosqichidagi raqiblarimiz haqida yaxshi bilamiz va doim yetakchi bo'lishga intilamiz"

Оқил Абдубарноев
19 may 2023
Argentina yoshlar terma jamoasi va "Boka Xuniors" klubi himoyachisi Valentin Barko bo'lajak jahon chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Argentina terma jamoasi tarkibida bo'lish ajoyib. Qolaversa, bu mas'uliyat talab qiladigan yoqimli tuyg'u hisoblanadi. Qaydnomadan o'rin oldim, o'z ishimni avvalgidek xotirjam va mas'uliyat bilan bajarishga harakat qilaman. Meni kimgadir taqqoslashi - normal holat, bunga ko'p e'tibor bermayman. 

Janubiy Amerika mintaqasidagi musobaqaga bora olmadim, biroq Maskerano sabrli bo'lishim hamda chaqiriladigan vaqtim kelishini aytgandi. O'shanda to'pig'imdan jarohatlangandim, bu esa menga tinchlik bermasdi. 

Maskeranoning terma jamoa uchun nima ishlar qilganini barcha biladi. U texnik jihatdan ko'p narsalarni o'rgata oladi. Biz murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qilamiz. 

Uning mendan talab qilayotgan jihatini uqib olishga harakat qilaman. Maskerano bilan taktikalar ustida ko'p suhbatlashaman. 

Menga Luka Romeroning o'yini yoqadi. U bilan U-15 va U-19 terma jamoalarida birga to'p tepganmiz. Biz yaxshi juftlik hosil qilgandik. 

Yevropa va mahalliy futbolchilarning jismoniy jihatdan farq qiladi, ammo barchamiz yaxshi o'yin ko'rsata olamiz, shu bois Argentina terma jamoasiga chaqirilganmiz. 

Guruh bosqichidagi raqiblarimizning qanday o'yin namoyish etishi, raqibga nima taklif eta olishi va taktik sxemalari haqida ozmi-ko'pmi bilamiz. Biz har doim yetakchi bo'lishga intilamiz va qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz. Shu bilan birga, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", dedi 18 yoshli chap qanot himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, argentinaliklar guruh bosqichida O'zbekiston, Gvatemala va Yangi Zelandiya bilan kurash olib boradi. Guruhdagi ilk o'yin yurtdoshlarimizga qarshi o'tkaziladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: TyC Sports