U-19 Osiyo chempionatidagi raqibimizda murabbiy iste'foga chiqdi

Xayrulla Xoliqov
13 okt 2020
Shu yilning 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda U-19 Osiyo chempionati bo'lib o'tishi lozim edi.

Biroq koronavirus sabab mazkur musobaqa kechiktirildi va qachon o'tkazilishi hozircha noma'lum. U-19 Osiyo chempionatidagi raqibimiz Eron yoshlar termasida yana bosh murabbiy o'zgardi. 

Shu yilning 27 iyul kuni Parviz Mazlumi bosh murabbiy etib tayinlangandi, biroq ushbu mutaxassis Tehronning "Istiqlol" klubi sport direktorligiga tayinlangani bois terma jamoadan iste'foga chiqdi.

Endi U-19 jamoasini "Naft Masjed" murabbiyi Mehdi Tartar boshqarishi kutilmoqda. Murabbiy tez orada Eron FF bilan muzokalar boshlashi mumkin.

O'zbekiston yoshlar termasi U-19 Osiyo chempionati guruh bahslarini Eron, Kambodja va Indoneziyaga qarshi o'tkazadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia