U-16 Xalqaro o'rtoqlik turniri. Shukurullaevning supergoli O'zbekistonni mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi

Omonjon To`xtamirzayev
20 avg 2024, 16:09
Bugun O'zbekiston U-16 terma jamoasi Xitoyda davom etayotgan Xalqaro o'rtoqlik turnirining uchinchi turida maydonga tushdi.

 Jamoamizning bugungi raqibi - musobaqa mezbonlari Xitoy o'smirlar terma jamoasi bo'ldi. 

Qiziqarli bahslarga boy o'tgan bellashuvda hisobni yurtdoshlarimiz ochishga muvaffaq bo'lishdi. 18-daqiqada Abubakir Shukurullaev xitoyliklar darvozasini ishg'ol etdi. Futbolchimizning supergolini telegram-kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Biroq birinchi bo'lim oxirida (42-daqiqa) Vang Yining aniq zarbasidan keyin muvozanatni tiklagan mezbonlar, ikkinchi bo'lim o'rtalarida (68-daqiqa) Vei Shiangshinning goli evaziga irodali g'alabaga erishdi.

 

U-16 Xalqaro o'rtoqlik turniri
Xitoy 2:1 O'zbekiston
Gollar: Vang Yi; Vei Shiangshin - Abubakir Shukurullaev



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Uzbekistan FA