U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati. KXDR - Quvayt 3:0

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014
Tailand davlatida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun "C" va "D" guruhlarida ilk tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Nepalga qarshi kurash olib borishdi. Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Guruhning ikkinchi o'yinida KXDR Quvayt ustidan yirik g'alabaga erishdi - 3:0.

O'smirlarimiz ikkinchi turni aynan KXDRga qarshi 9 sentyabr kuni o'tkazishadi.


"D" guruhida esa Eron Qatarni taslim qildi, Suriya va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi.


Bugungi o'yinlar

C guruhi

1-tur. 7 sentyabr
O'zbekiston – Nepal 1:1
KXDR – Quvayt  3:0


Dguruhi

1-tur. 7 sentyabr
Eron – Qatar 3:2
Suriya – Saudiya Arabistoni 0:0



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia