Turkiya. Tedesko "Galatasaroy"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Fenerbaxche"dan haydaldi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 00:46
Turkiya futbolida navbatdagi yirik iste'fo yuz berdi. Istanbulning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiy Domeniko Tedeskoni lavozimidan ozod etdi.

Bunga jamoaning azaliy raqib "Galatasaroy"ga qarshi derbida uchralgan yirik mag'lubiyati (0:3) sabab bo'ldi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "kanareykalar" turnir jadvalida peshqadam "Galatasaroy"dan 7 ochkoga ortda qolib kyetishdi. Mavsum yakuniga atigi 3 ta tur qolganini inobatga olsak, "Fenerbaxche" chempionlik uchun imkoniyatlarini deyarli yo'qotdi.

Klub direktorlar kengashi nafaqat Tedesko va uning murabbiylar shtabini, balki sport direktori Devin Ozekni ham ishdan bo'shatdi. Mavsumning qolgan o'yinlarida jamoani Zeki Murat Gele boshqarib turadi.

Eslatib o'tamiz, Domeniko Tedesko 2025 yilning 9 sentyabr kuni Joze Mourinyu o'rniga kelgan edi. U "Fenerbaxche" bilan Turkiya Superkubogida aynan "Galatasaroy"ni mag'lub etib (2:0), sovrin qo'lga kiritgandi.

Tedeskoning "Fenerbaxche"dagi statistikasi:

O'yinlar soni: 45 ta

G'alabalar: 26 ta

Duranglar: 12 ta

Mag'lubiyatlar: 7 ta

To'plar nisbati: 87:46

O'rtacha ochko to'plash ko'rsatkichi: 2 ochko


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia