Transfermarkt Fransiya chempionati futbolchilarining narxini yangiladi. Abduqodir Husanovning yangi narxi qancha bo'ldi?

Narzulla Saydullayev
7 okt 2024, 16:04
Bugun Transfermarkt portali Fransiya chempionatida to'p tepayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi ikki baravarga oshdi va 5 million evroga etdi. Bunga qadar Husanovning narxi 2,5 million edi. 

Ma'lumot uchun, Abduqodir o'zbekistonlik futbolchilar orasida narx bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Ayni paytda eng qimmat o'zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullaev hisoblanadi - 6 million. Husanov esa Eldor Shomurodov bilan birga ikkinchi o'rinda bormoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia