Odil Hamrobekov: "Standart vaziyatlarga ko'proq e'tibor qaratishni reja qilganmiz"

Оқил Абдубарноев
29 mar 2026, 22:34
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Venesuelaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

– Venesuelaga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik qanday o'tmoqda?

– Mashg'ulot odatdagidek o'yinoldi engil ko'rinishda davom etadi. Standart vaziyatlarga ko'proq e'tibor qaratishni reja qilganmiz.

– O'zbekiston oxirgi marotaba Janubiy Amerika jamoasi (Urugvay)ga yutqazgan. Kannavaro bunday qanday xulosa chiqardi?

– U o'yinni hech kim eslagani yo'q. Venesuelaning avvalgi o'yinini o'rgandik. Shunga qarab o'z taktikalarimizni tayyorlaymiz.

– Erondagi siyosiy vaziyat sababli ma'lum muddat o'yin amaliyotisiz qoldingiz. Bu birinchi o'yinda qanchalik sezildi?

– Rasmiy uchrashuv o'tkazganimga 1 oydan oshgandi. Alomati biroz sezildi. "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalariga minnatdorchilik bildiraman, ular mashg'ulot o'tkazishim uchun sharoit yaratishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia