"Tottenxem"ning asosiy futbolchilaridan biri jamoani tark etishi mumkin

Alisher
10 iyun 2019
"Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz jamoada qolishiga ishonchi komil emas.

- Sir emaski, nomim jamoada qoladigan futbolchilar ro'yxatida, - deydi Rouz. - Keyingi bir necha hafta mobaynida nimalar ro'y berishini tomosha qilmoqchiman. Har qanday kutilmagan holatlarga tayyorman. Agar "shporlar" tarkibida qolsam yomon bo'lmas edi, agar qolmasam ham ajoyib holat bo'ladi. Men faqat kutishim va kuzatishim kerak.

28 yoshli himoyachi yakunlangan mavsumda 37ta o'yin o'tkazib, 5ta samarali to'p uzatishni amalga oshirdi.

Futbolchi "Tottenxem"ga bundan 12 yil oldin, yani 2007 yilda kelgan. U o'z vaqtida "Uotford", "Piterboro Yunayted", "Bristol Siti" va "Sanderlend" jamoalarida ijara asosida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports