"Tottenxem" - "Yuventus". "Shporlar" tarkibida yo'qotish

Tolibjon Qosimov
3 mar 2018
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreld YCHL 1/8 finali doirasida "Yuventus"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi.

"Alderveyreld borasida ehtiyot bo'lishimiz kerak. Uning holatini har doim nazorat qilish lozim. Uning "Yuventus"ga qarshi bahsda maydonga tushishiga ishonmayman", - dedi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" - "Yuventus" uchrashuvi 7 mart kuni o'tkaziladi. Tomonlarning dastlabki uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: 101 Great Goals