

"The Guardian" xabariga ko'ra, 25 yoshli shvetsiyalik futbolchi jarohati tufayli bu yil maydonga tushmaydi. Yarim himoyachining tizzasidan olgan jarohati dastlab kutilganidan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi.

Qayd etish joiz, "shporlar"ning yana bir kreativ hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Meddison yaqinda o'zining xochsimon bog'lamini uzib olgandi.
Eslatib o'tamiz, Deyan Kulusevski o'tgan mavsum "Tottenxem" safida Angliya chempionatida 32 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan. Shvetsiyalik futbolchi londonliklar tarkibida 2022 yildan buyon o'ynab kelmoqda.



