“Tottenxem” sobiq futbolchisi: “Mourinyuning taktikasi eskirdi”

Eldor Akmurzayev
20 mar 2021
“Shporlar” sharafini himoya qilgan hujumchi Darren Bent Joze Mourinyu haqida fikr bildirdi.

“Jozeni yomon murabbiy deya olmayman, ammo uning taktikasi eskirgan deb o'ylayman. U “Tottenxem”ga sovrinlarni yutish uchun taklif qilingandi. Biroq, Yevropa Ligasidagi omadsizlikdan so'ng, rahbariyatni Liga Kubogidagi ehtimoliy g'alaba qoniqtiradi deb o'ylamayman”, deydi Bent.

Eslatib o'tamiz, “Tottenxem”ni 25 aprel kuni Angliya Liga Kubogi finalida “Man Siti”ga qarshi o'yin kutmoqda.

 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TalkSport