"Tottenxem" Neres uchun 60 mln evro berishga tayyor

Londonning "Tottenxem" klubi "Ayaks" hujumchisi David Neresni sotib olish niyatida.

"Shporlar" braziliyalik futbolchi uchun 60 mln evro berishga tayyor. Ular agar Paulo Dibala yoki Jovani Lo Chelso transferi amalga oshmasa Neresni jamoaga olib kelishni maqsad qilishgan.

22 yoshli Neres o'tgan mavsum "Ayaks" safida fantastik mavsum o'tkazdi (29 o'yin, 8 ta gol, 10 ta assist) va klubi blan YCHLning yarim finaliga qadar yetib bordi. Shuningdek, Kopa Amerika musobaqasida Braziliya terma jamoasi bilan chempion bo'ldi. 



Manba: calciomercato.it