"Tottenxem" hujumchisi "Kristal Pelas"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2026
"Tottenxem" hujumchisi Brennan Jonsonning "Kristal Pelas"ga transferi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Tomonlar bitimning so'nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda. "Shporlar" futbolchiga yangi klub bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokara olib borishga ruxsat berdi.

Jonson 2023 yilda "Nottingem Forest"dan "Tottenxem"ga 55 mln evro evaziga o'tgandi. 24 yoshli uelslik 2025/26 yilgi mavsum 22 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi.

Umuman olganda, Jonson "shporlar" tarkibida 106 o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano