"Tottenxem" "Atalanta" o'yinchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga oldi

Alisher
24 iyul 2021
"Tottenxem" "Atalanta" darvozaboni Perluiji Gollinining transferini e'lon qildi.

"Shporlar" 26 yoshli italiyalikni xarid qilish huquqi bilan 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Angliya klubi o'yinchini 15 million evro evaziga xarid qilishi mumkin.

Gollini 2020/21 yilgi mavsum "Atalanta" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 32ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/TottenhamHotspur