"Tottenxem" APLdan tushib kyetish xavfi tufayli mavsumiy chiptalarni sotish muddatini kechiktirdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2026, 20:50
"Tottenxem" rahbariyati jamoaning liga turnir jadvalidagi o'rni tufayli 2026/27 yilgi mavsum uchun mavsumiy chiptalarni yangilash muddatini uzaytirdi.

Chunki jamoa ayni damda Chempionshipga tushib kyetish xavfi ostida turibdi. Muxlislar endi keyingi mavsum uchun chiptalarni sotib olish yoki sotib olmaslik to'g'risida qaror qabul qilishlari uchun 2026 yil 7 iyungacha vaqtga ega.

Bu qaror muxlislar maslahat kengashi va "Tottenxem" muxlislari jamg'armasi bilan maslahatlashgandan so'ng qabul qilindi. Muxlislar mavsumiy chiptalarga katta miqdorda mablag' sarflashdan oldin jamoa qaysi divizionda o'ynashini bilish huquqiga ega ekanligi klub tomonidan tan olindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal