Toshkentda Yevropa klublari skautlari ishtirokida yig'in bo'ladi. Bu haqiqiy imkoniyatmi yoki shov-shuvli marketing?

Sherzod Nurmatov
28 fev 2026, 15:24
2026 yil mart oyi oxirida Toshkentda ELIT Academy futbol akademiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini - "Chempionlar yig'ini" rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar mashhur murabbiylar va Yevropa klublari vakillari ishtirok etishini ma'lum qilgan.

Tabiiy savol tug'iladi: bu haqiqiy selekciya (saralash) vositasimi yoki yana bir tijoriy lagermi?

Keling, tahlil qilamiz.

Loyiha ortida kimlar turibdi?

Yig'in formati ko'ngilochar lager emas, balki professional muhit sifatida taqdim etilmoqda.

Ishtirokchilar yoshi - 13 dan 18 gacha

Sanasi - 2026 yil 23-30 mart

Manzil - Toshkent

Tashkilotchilar ma'lumotiga ko'ra, mashg'ulot jarayonida taniqli mutaxassislar ishtirok etadi: Oleg Romancev, Massimo Karrera, Denis Glushakov, Roman Pavlyuchenko.

Ularning ishtiroki imzolangan shartnomalar va videomurojaatlar bilan tasdiqlandi.

Bu format oddiy yig'inlardan nimasi bilan farq qiladi?

Odatda tijoriy lagerlar quyidagilarni sotadi:

- intensiv mashg'ulotlar

- muhit (atmosfera)

- mashhur mehmonlar ishtiroki

Bu yerda esa asosiy urg'u boshqacha - selekciya va ko'rik. Tashkilotchilarning aytishicha, yig'inga quyidagi klublar vakillari taklif etilgan:

- "Borussiya" Dortmund

- "Dinamo" Zagreb

- "Lans"

- "Boxum"

- "Nant"

- "Nyukasl"

- "Spartak" Moskva

Professional klub omili

Alohida jihat - "G'azalkent" ishtiroki. Akademiya ma'lumotiga ko'ra, klub o'z futbolchilari uchun 25 ta joyni sotib olgan.

Bu bozor uchun muhim signal: professional klub odatda sport qiymati bo'lmagan formatga pul tikmaydi.

Eng muhimi - natija

Bunday loyihalar mashhur ismlar soni bilan emas, yakuniy natija bilan baholanadi.

Agar hech bo'lmaganda bir o'yinchi Yevropa tizimiga taklif olsa, bu mintaqa uchun haqiqiy tajriba bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia