To'lagan Isoqov O'FA Faxriylar kengashi raisi etib tayinlandi

Alisher
19 okt 2020
Bugun O'zbekiston futbol associasiyasi faxriylar kengashi raisi lavozimiga mutaxassis tayinlash bo'yicha kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Birodar Abduraimov, Nikolay Lyubarsev, Evgeniy Valiskiy, Vecheslav Soloxo, Shamil Yafarov, Farxod Magamedov, Axrol Inoyatov, Mannop Yakubov, Shokir Ismailov, To'lagan Isoqov va yana bir qator faxriylar ishtirok etishdi.

Yig'ilish avvalida O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov so'z boshlab, O'zbekiston futbol faxriylar kengashi raisi marhum Narimon Jalolov to'g'risida ularning futbol sohasida bosib o'tgan yo'li, o'zbek futboliga qo'shgan hissasi to'g'risida ta'kidlab o'tdi. Faxriylar kengashi raisi lavozimiga mas'uliyatli, tajribali nomzodni tayinlash va ushbu mas'uliyatli ishda kengash a'zolari fikri muhim o'rin tutishini ta'kidladi.  

Shuningdek, Faxriylar kengashi a'zosi Evgeniy Valitskiy so'zga chiqib Narimon Jalolov xaqida iliq fikrlar bildirib, ularning faoliyatini munosib davom ettirish hamda faxriylar kengashini ushbu ishlarda faol bo'lishga chaqirdi.  

Majlis davomida kengash a'zosi Axrol Inoyatov faxriylar salomatligini yaxshilash, futbol bilan doimiy shug'ullanishini taminlash maqsadida, musobaqa va xotira turnirlarini karantin talablariga rioya qilgan holda ko'proq tashkil etish hamda Faxriylar kengashi raisi lavozimiga munosib nomzodni saylash kerakligini ta'kidladi. 

Shundan so'ng so'z uzoq yillardan beri ushbu kengashda rais yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan o'zbek futboli afsonasi To'lagan Isoqovga so'z berildi. To'lagan O'lmasovich barchani hozirgi kunda kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o'tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar xaqida xabardor qilib o'tdi. 

Avaz Maksumov faxriylar kengashi raisi lavozimiga mutaxassis tayinlash yuzasidan To'lagan Isoqov nomzodini tavsiya qildi va kengash a'zolari tomonidan bir ovozdan maqullandi.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz