Todorov Toshkentning boshqa klubiga o'tdi

Alisher Ostonov
26 iyul 2025
Pro liganing birinchi davrasini "Olimpik" safida o'tkazgan Kirill Todorov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettiradi.

Kirill Todorov - "Lokomotiv" futbolchisi! Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Lokomotiv" o'z safini yosh, umidli himoyachi bilan to'ldirdi. Mavsumning ilk qismini "Olimpik" tarkibida o'tkazgan Kirill Todorov bilan 1 yarim yillik shartnoma imzolandi. Ma'lumot uchun, Kirill Todorov 2004 yilning 24 may sanasida tug'ilgan. Markaziy himoyachi poziciyasida o'ynaydi.

"Lokomotiv"ga xush kelibsan, Kirill!", - deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.



Alisher OstonovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати