

Jamoa Konferenciyalar Ligasida g'olib bo'lgan bo'lsa-da, Chempionlar Ligasida PSJdan mag'lubiyatga uchradi.

"Chelsi" sobiq o'yinchisi Emmanuel Peti klubning amerikalik rahbariyati ingliz futbolini to'liq tushunmasligini, chunki futbolni biznesga aylantirish noto'g'ri strategiya ekanligini aytdi:
"Liam Rosenor mavsum oxirida qoladimi yoki yo'qmi, bilmayman, lekin ochig'ini aytganda, biror narsa o'zgarishi kerak. Menimcha, klubning amerikalik egalari pul sarflaydiganlarni hurmat qilishimizni tushunishlari kerak, lekin ular tushunmaydigan narsalariga aralashmaganlari maqul.
Futbol - ko'p odamlar uchun jiddiy ish, siz esa uni doimiy biznesga aylantirishga harakat qilyapsiz. "Chelsi" muxlislari bundan charchagan. Ularga klubdagi biznes kerak emas, ular muvaffaqiyatga erishishni xohlaydi", – dedi Peti.



