

Timur Kapadze: “Hisob yirik bo'lishiga qaramasdan, o'yin akademiya futbolchilariga foydali bo'ldi. Bahs mashg'ulot uchrashuvidek o'tdi. Kubokda hammaga imkoniyat berilyapti. Har bir o'yinga jiddiy qaralmoqda”.
- Kubokdagi natijalar rahbariyat jamoa oldiga qo'ygan vazifalarga bog'liq desak bo'ladimi? Uchrashuvdan oldin Qoraqalpog'iston FAdan jiddiy qarshilik kutganmidingiz?
- Bahsdan oldin ular haqida ma'lumot topishga qiynaldik. Akademiya jamoa bo'lganidan keyin ular hali yosh va tajribasi kamligi sezildi. Bu uchrashuvlar Proliga va Birinchi liga jamoalari uchun motivaciya. Superliga jamoalarining Kubokdagi mag'lubiyatlariga keladigan bo'lsak, balki ular raqibga past baho berishgandik, balki boshqa tarkibni maydonga tushirishgandir.
- Fabio Kannavaroning aytishicha Superliganing tempi past va futbolchilarning tiklanishi qiyinligi haqida gapirdi. Bu haqda siz nima deya olasiz?
- Biz vitaminizaciya va mashg'ulotlarga jiddiy e'tibor beramiz. O'yin tempiga to'xtaladigan bo'lsak, bazi bahslarni hisobga olmasak bizda ham temp yomon emas. Bu ob-havoga ham bog'liq. Yevropa va bizning ilim bir xil emas. Ammo jamoalarimiz o'sishda, rivojlanishda davom etmoqda.
- Kubokda raqobat katta bo'ladi, finalda “Navbahor”ni ko'ramizmi?
- Hali oldimizda ko'p o'yinlar bor, avval guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab olishimiz kerak. Lekin yaxshi niyat qilishda davom etamiz.



