The Telegraph nashri "Arsenal" yozda sotib yuborishi mumkin bo'lgan futbolchilar nomini ma'lum qildi

Khoja
7 mar 2026
Yozda "Arsenal"ga Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalariga rioya qilish maqsadida asosiy tarkib yoki zaxiradagi kamida bitta o'yinchini sotib yuborishga to'g'ri keladi.

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, sotuvga nomzodlar orasida jamoa sardori Martin Edegor bor. Shuningdek, akademiya tarbiyalanuvchilari - Itan Nvaneri va Maylz Lyuis-Skellining ham ketishi istisno qilinmayapti. Takidlanishicha, "kanonirlar" safini yuqori ehtimol bilan qanot hujumchisi Gabriel Martinelli va himoyachi Ben Uayt tark etishi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: The Telegraph