

Uchrashuvda jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Andrey Fyodorov klub rahbariyati tomonidan iste'foga chiqarilgani ma'lum qilindi.
Temiryo'lchilar uchun ushbu mavsum birmuncha og'ir kechayotgani sir emas. Xususan, jamoa Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o'ta olmagan bo'lsa, Superliganing dastlabki 10 turida 4 bor g'alaba qozonib, 6 marta mag'lubiyatga uchradi. Natijada 10-turdan so'ng jamoa turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Mazkur natijalar sabab Andrey Fyodorov iste'foga chiqarildi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.
Ma'lumki, ertaga, 21 avgust kuni Lokomotiv Olmaliq shahrida Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yinda jamoani kim boshqarishini ertaga ma'lum qilinadi. Lokomotiv PFK o'zaro hamkorlik uchun Andrey Vitalevichga minnatdorlik bildiradi.


