Terri Anri natijani avvaldan bilgani uchun penaltilar seriyasini oxirigacha ko'rmadi-mi?

Omonjon To`xtamirzayev
14 mar 2024
"Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri "kanonirlar"ning "Portu"ga qarshi YCHL 1/8 finali javob o'yinidagi penaltilar seriyasini (1:0, 4:2 penaltilar seriyasi) oxirigacha ko'rmadi.

Fransiyalik "Portu" futbolchisi Galenoning zarbasini ko'rib o'tirmadi, ushbu zarbani londonliklar kiperi David Rayya qaytardi. O'yindan keyin Anri bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"U to'pni o'rnatishi shubhali tuyuldi. O'zim ham bunday zarbalar berganman, bazida barchasini insonning yuzidan tushunib olsa bo'ladi.

Galeno diqqati jamlangan, gol urishga tayyor futbolchiga o'xshamasdi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail