Terma jamoamizning sobiq futbolchisi Surxonni tark etdi

Khoja
4 yanv 2025
O'tgan mavsumning ikkinchi yarimida Surxon safiga borib qo'shilgan Farrux Ikromov Termiz klubi bilan xayrlashdi.

Futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Surxon klubiga minnatdorchilik bildirgan.

Futbolchi yakunlangan mavsumni Dinamoda boshlagandi. Ikkinchi davrada esa Surxon safiga kelib qo'shilgandi. U barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia