"Neftchi" Ergashev, Sayfiev va Aliboev bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
27 dek 2025, 21:33
"Neftchi" matbuot xizmati darvozabon Botirali Ergashev, himoyachi Farrux Sayfiev hamda yarim himoyachi Ikrom Aliboev bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"O'tgan mavsum chempioni, tajribali darvozabon Botirali Ergashev "Neftchi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U yangi mavsumda ham "Neftchi" sharafini himoya qiladi".

"Jamoamiz chempionlik yo'lidagi muvaffaqiyatga munosib hissa qo'shgan tajribali himoyachi Farruh Sayfiev yangi mavsumda ham “Neftchi” safida harakat qilishda davom etadi. Klub va futbolchi o'rtasidagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi bo'lgan Farruh Sayfiev joriy mavsumda jamoamiz libosida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarning 13 tasi g'alaba bilan yakunlangan bo'lib, futbolchi Superliga bahslarida jami 1406 daqiqa harakat qildi.


"Neftchi"ning chempionligi yo'lida ulkan hissasini qo'shgan tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboev jamoamiz bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi. 

U ushbu mavsumda Farg'ona jamoasi tarkibida 28 uchrashuvda maydonga tushib, jami 2253 daqiqa harakat qilgan. O'zining barqaror o'yini bilan u O'zPFL tomonidan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати