Farruh Sayfiev: "Farg'ona xalqi uchun birinchi Superkubok"

Alisher Ostonov
16 mar 2026
"Neftchi" a'zosi Farruh Sayfiev Superkubok finalidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Farg'ona xalqi uchun birinchi Superkubok qo'lga kiritildi. Ajoyib o'yin bo'ldi. Butun stadion "Neftchi"ga muxlislik qildi. "Paxtakor"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.

Yangi murabbiy kelgach taktikamiz o'zgardi. To'rtta himoyachi bilan hujumkor futbol namoyish etyapmiz. Dastlabki uchta turdan keyingi natijalar gaplarimga isbot bo'ladi.

Maqsadimiz yana bir chempionlikka erishish. Elit OCHLda esa yaxshi natijaga erishishimiz kerak. Buning uchun borimiz beramiz, - deya fikr bildirdi Farruh Sayfiev finaldan so'ng.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia