

Taqdirlash marosimidan so'ng farg'onaliklarning himoyachisi Farruh Sayfiev fikrlari bilan bo'lishdi.
"Farg'ona ahlini chempionlik bilan tabriklaymiz, bu uzoq kutilgan chempionlik bo'ldi. Oxirgi chempionlikka 24 yil bo'lgan ekan. Bunday xursandchilik bilan barchani muborakbod etamiz. Men uchun bu oltinchi chempionlik. Vodiyda, boz ustiga, bunday muhitda chempionlikni qo'lga kiritish boshqacha baribir.
Keyingi yil "Nasaf"da o'ynayman? Hali mavsum tugagani yo'q. Bunday gaplar yo'q", – dedi Farruh Sayfiev.

Eslatib o'tamiz, bugun "Neftchi" Farg'onada "Qizilqum" bilan bahs yuritib, 4:1 hisobida zafar quchdi va 24 yilda ilk bor chempion bo'ldi.



